Jananim Hoy, senem! Quloq sol mening ohima! Oh uraman sen tushganda yodima-yodimayey Toqat etolmovdim keldim bog‘ingga, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Toqat etolmovdim keldim bog‘ingga, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Kecha-kunduz ko‘zim sening yo‘lingda, Gumburlaydi gohi dutor qo‘limda qo'limdayey Kelib turibman men borar yo‘lingda, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Kelib turibman men borar yo‘lingda, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Qirq kun bo‘ldi, bir ko‘rmadim yuzingni, Ko‘nglimda xat etib, tutdim so‘zingni so'zingniya Kutib turibman, bir chiqar deb, o‘zingni, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Kutib turibman, bir chiqar deb, o‘zingni, Sollona-tovlana bir chiq, jononim, jononimey! Hoy, senem Quloq sol mening ohimga! Oh uraman sen tushganda yodimga yodima-yodimayey Toqat etolmovdim keldim bog‘ingga, Sollona-tovlana bir chiq jononim, jononimey! Toqat etolmovdim keldim bog‘ingga, Sollona-tovlana bir chiq jononim, jononimey!